"Liverpul" Kloppsiz birinchi transferini tanladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 88
"Vulverxempton"ga tegishli bo'lgan 22 yoshli himoyachi Rayan Ait-Nuri kuchli jamoaga o'tishi mumkin. Ma'lum bo'lishicha, futbolchini o'z safiga qo'shib olishga "Liverpul" qiziqmoqda.
"Qizillar" allaqachon "bo'rilar" bilan muzokara olib borgan va futbolchining transferi bo'yicha dastlabki kelishuvga erishgan. Bitim summasi 45 million evroga baholanmoqda. Bu "Liverpul"ning Yurgen Klopp ketganidan keyin birinchi xaridi bo'ladi.
Nemis mutaxassisi 2023/2024 yilgi mavsum yakunida jamoani tark etadi. Angliya chempionatining joriy mavsumida Ait-Nuri 28 uchrashuvda maydonga tushib, ikkita gol va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!