Fevzi Davletov: "Uchrashuv kutilganidan ham qiyin kechdi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11
O'zbekiston Kubogi doirasida "Surxon" - "Chig'atoy" (2:1) uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvdan so'ng termizliklar ustozi Fevzi Davletov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Uchrashuv kutilganidan ham qiyin kechdi. Gol o'tkazib yubordik, vaziyatni to'g'rilashda muammolarga duch keldik. Aniqlik va hujumlarni yakunlashda kamchiliklarimiz yo'q emas. Bugun ko'rib olgan kamchiliklarimiz ustida ishlaymiz. "Chig'atoy" jamoasi o'yin davomida bizga munosib raqobat taklif eta oldi" - dedi Fevzi Davletov.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!