"Lill" prezidenti Emilianoni tanqid qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Lill" prezidenti Konferentsiyalar ligasidan jamoasi chiqib ketgach Emiliano Martinesni tanqid qildi.
Konferentsiyalar ligasi chorak finalida “Aston Villa” “Lill”ni mag'lub etdi (2:2, penaltilar – 4:3).
“Lill” muxlislari butun o'yin davomida argentinalik darvozabonga hushtakbozlik qilishdi. Seriyada penaltini amalga oshirgach, Martines muxlislarga yuzlanib, barmog'ini labiga qo'ydi, shuningdek, tomoshabinlarning xatti-harakatlaridan noroziligini bildirdi.
Haddan tashqari emotsional harakati uchun Emiliano penaltilar seriyasida ikkinchi sariqni oldi. Darvozabon maydondan chetlatilmadi, chunki birinchi kartochka endi hisobga olinmasdi.
"Men yuqori saviyali sportchiga o'xshamaydigan bu bola haqida gapirib, vaqtimni behuda sarflamoqchi emasman.
Chunki mag'lubiyatlardan so'ng ham, g'alabalardan keyin ham xotirjam bo'lish va obro'ni yo'qotmaslik kerak”, dedi “Lill” prezidenti Olive Letang.