U23 Osiyo kubogi: O'zbekiston eng qimmat tarkibga ega
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi kecha Malayziya U-23 termasiga qayshi o'yin bilan Parij-2024 yo'llanmalari tikilgan Osiyo chempionatiga kirishdi.
Transfermarkt portali Osiyo kubogi starti arafasida barcha ishtirokchi jamoalar tarkibidagi futbolchilarning umumiy transfer summasini e'lon qildi. Unga ko'ra, O'zbekiston olimpiya jamoasi musobaqaning eng qimmatbaho tarkibiga ega. - 15,85 million evro. Keyingi o'rinlar Yaponiya va J.Koreya termalariga tegishli.
1. O'zbekiston — 15,85 million evro
2. Yaponiya - 12,6 million evro
3. J.Koreya — 9,68 million evro
4. BAA - 7,73 million evro
5. Avstraliya - 6,68 million evro
6. Indoneziya - 4,8 million evro
7. Tojikiston - 4,03 million evro
8. Xitoy - 3,05 million evro
9. Qatar - 2,68 million evro
10. Vetnam - 2,18 million evro
11. Tailand — 2,03 million evro
12. Malayziya — 1,98 million evro
12. Quvayt - 1,98 million evro
14. Iroq - 1,90 million evro
15. S.Arabistoni - 1,54 million evro
16. Iordaniya - 850 ming evro
Transfermarkt portali ma'lumotlari asosida Osiyo kubogining eng qimmatbaho futbolchilaridan alohida ramziy jamoa ham tuzib chiqildi. Unda Yaponiya termasidan 5 nafar futbolchi bor. Shuningdek, O'zbekiston (3 nafar), J.Koreya (2 nafar) va BAA 1 nafar) termalari vakillari tarkibdan joy olishdi.
Darvozabon: Leo Kokubo (Yaponiya) - 750 ming evro
Himoyachilar: Riku Xonda (Yaponiya) - 700 ming evro, Abdulla Abbos al Balushiy (BAA) - 800 ming evro, Ryuya Nisio (Yaponiya) - 600 ming evro, Ibrohimxalil Yo'ldoshev (O'zbekiston) - 800 ming evro
Yarim himoyachilar: Pe Jun Xo (J.Koreya) - 1,5 million evro, Sota Kavasaki (Yaponiya) - 1 million evro, Abbos Fayzullaev (O'zbekiston) - 5 million evro
Hujumchilar: Hojimat Erkinov (O'zbekiston) - 800 ming evro, Mao Xosoya (Yaponiya) - 1,6 million evro, Yan Xyon Jun (J.Koreya) - 2 million evro
Ko'rinib turibdiki, olimpiya jamoamiz etakchisi Abbos Fayzullaev turnirning eng qimmatbaho ishtirokchisi - 5 million evro. Keyingi o'rinlar J.Koreya termasi a'zosi Yan Xyon Jun (2 million evro) va Yaponiya termasi vakili Mao Xosoya (1,6 million evro)ga tegishli. Aytgancha, O'FA «Lans» bilan kelishuvga erishsa, himoyachi Abduqodir Husanov ham eng qimmatbaho futbolchilar ramziy jamoasidan joy oladi. Ayni payt uning transferi 2 million evroga baholanmoqda. Ma'lumot uchun, Abbos Fayzullaev hozircha jamoamiz bilan birga emas.
Bu vaqtda Osiyo kubogi ishtirokchilari birin-ketin tarkibga o'zgartirish kiritishdi. «Futbolium» kanalida yozilishicha, Indoneziya, J.Koreya, Malayziya va Qatar termalari turnir doirasidagi birinchi o'yinlariga qadar reglamentga asosan, tegishli o'zgarishlarga qo'l urdi. Xususan, koreyslar Angliya klublaridan jalb etilgan birdaniga 2 nafar futbolchi o'rniga «K»-liga vakillarini olishdi. Shu tariqa J.Koreya termasi «zayavka»sida 3 nafar legioner qoldi. O'zbekiston terma jamoasining yakuniy tarkibi esa kecha, birinchi o'yin boshlanishidan kamida 6 soat oldin e'lon qilinishi aytilgandi.