"Milan" Evropa musobaqalarini qancha ishlab olgani ma'lum qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
“Milan” Evropa ligasini chorak finaldayoq tark etdi. Klub rahbariyati hech bo'lmaganda finalga chiqishni kutgandi. Bu esa evrokubok kampaniyasi klubga kutilganidan kamroq pul olib kelganini anglatadi.
Jami 55 million evro – Chempionlar ligasi uchun 48, Evropa ligasi uchun esa atigi etti million ishlab topilgan. Bu o'tgan yilgiga nisbatan ancha kam, ya'ni "Milan" Chempionlar ligasining yarim finaliga qadar etib borib, 87 million evro ishlab topgan.
Agar bundan ham oldinroqqa qarasangiz, 2021/2022 yilgi mavsumda "Milan" guruh bosqichidan so'ng Chempionlar ligasidan chiqib ketib, 45 million evro ishlab olgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!