"Barselona" Emeri variantini ham ko'rib chiqyapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35
"Barselona" rahbariyati jamoaga yangi bosh murabbiy izlamoqda.
TEAMtalk xabariga ko'ra, "Barselona" "Aston Villa" ustozi Unai Emeri xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Xavi mavsum yakunida iste'foga chiqishini ma'lum qilgandi.
“Aston Villa”ga qadar Unai Emeri “Vilyarreal”da ishlagan. U klub bilan 2021/2022 yilgi mavsumda Evropa ligasida g'olib chiqdi. Bundan tashqari, ispaniyalik ushbu turnirda "Sevilya" bilan uch marta g'alaba qozongan.
Emeri "PSJ"da ham ishlagan va 2018/2019 yilgi mavsumda Frantsiya chempioniga aylangan. Ikki marta Frantsiya kubogini, ikki marta Frantsiya Liga kubogini va ikki marta Frantsiya Superkubogini qo'lga kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!