Kunde Gyundogan va Arauxo o'rtasidagi mojaro haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 39
Kataloniyaning “Barselona” klubi himoyachisi Jyul Kunde UEFA Chempionlar ligasi chorak finalida “PSJ”ga qarshi javob o'yinidan (1:4) keyin jamoadoshlari Ilkay Gyundogan va Ronald Arauxo o'rtasidagi mojaro haqida fikr bildirdi.
“Kiyinish xonasida hamma narsa tinch. Biz bir-birimiz bilan gaplashdik va bu masalani yopdik. Menimcha, Gyundogan Arauxoni ayblashni istamagan. Ronald buni tushundi, shuning uchun mojaro tugadi. Biz mag'lubiyatda ham, g'alabada ham doim bir bo'lamiz”, — dedi Kunde.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!