Grizmann "Atletiko Madrid" bilan muzokaralarni boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20
Frantsiyalik hujumchi Antuan Grizmann Madridning “Atletiko” klubi bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar berdi.
Insayder ma'lum qilishicha, tomonlar hamkorlikni uzaytirish bo'yicha muzokaralarga kirishgan. Eslatib o'tamiz, tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
Avvalroq matbuotda Grizmannga MLS klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsumda Antuan madridliklar safida 41 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Hujumchi hisobida 21 ta gol va 8 ta golli uzatma bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!