Sarri ikki ingliz klubidan taklif oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 29
"Latsio"ning sobiq bosh murabbiyi Mauritsio Sarri Angliya premer-ligasi vakillari orasida talabga ega.
TMW xabariga ko'ra, Sarrining agentlari bilan "Nyukasl" va "Vest Xem" vakillari bog'lanishgan. 65 yoshli murabbiy o'z faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishdan manfaatdor bo'lsa-da, hozircha javob qaytargani yo'q.
Eslatib o'tamiz, Mauritsio Sarri 2018/19 yilgi mavsumda Londonning “Chelsi” klubidagi faoliyatidan ingliz futboli bilan tanish.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!