"Manchester Siti" yulduzi jamoadan ketmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
"Manchester Siti"ning tarkibi shu yozda o'zgaradi. Juma kuni Goal yulduz yarim himoyachi Bernardu Silva ingliz klubini tark etishga deyarli qaror qilgani haqida xabar berdi.
29 yoshli Silvaning borishi mumkin bo'lgan jamoa "Barselona". Biroq, "PSJ" ham portugaliyalik futbolchi uchun kurashga umid qilmoqda. Bernardu Silvani "Manchester Siti"dan 50 million evroga sotib olish mumkin bo'ladi.
2023/2024 yilgi mavsumda Bernardu “Manchester Siti”ning 41 ta o'yinida qatnashgan. Portugaliyalik o'nta gol va beshta golli uzatmaga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!