Palmer APLda o'z klubdagi ilk mavsumni eng yaxshi o'tkazayotgan futbolchilar reytingida peshqadam bo'lib turibdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Taniqli statistik portal Angliya Premer-ligasi klublariga yangi kelgan eng yaxshi futbolchilar reytingini tuzib chiqdi. WhoScored portalining qayd etishicha, hozirgacha eng yaxshi o'yinchi Koul Palmer ("Manchester Siti"dan "Chelsi"ga o'tgan) bo'lib, ushbu mavsumdagi o'yinlarda o'rtacha 7,39 ball olgan. Ikkinchi o'rinni "Manchester Siti" "Renn"dan sotib olgan Jeremi Doku (7,35), uchinchi o'rinni "Vest Xem"dan "Arsenal"ga o'tgan Deklan Rays (7,31) egallab turibdi.
To'rtinchidan o'ninchi o'rinlarni mos ravishda Jeyms Meddison ("Tottenxem"), Muhammad Kudus ("Vest Xem"), Aleksis Makallister ("Liverpul"), Ross Barkli ("Luton Taun"), Jeyms Uord-Prouz ("Vest Xem"), Nikolas Jekson ("Chelsi") va Kay Xaverts (“Arsenal”) egallagan.