"Yuventus" kelayotgan yozda 4 nafar futbolchi bilan xayrlashishi kutilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 45
Kelayotgan yozda "Yuventus"ni birdaniga to'rt nafar yuqori maqomga ega futbolchi tark etadi.
Shartnomasi o'z nihoyasiga etayotgan va uzaytirilmaydigan 33 yoshli himoyachi Aleks Sandro shulardan biri, deb xabar beradi Tuttosport. Shuningdek, Germaniya Bundesligasida talab katta bo'lgan yarim himoyachi Filip Kostich "byankoneri"lar safini tark etadi. Allaqachon agentini almashtirgan hujumchi Arkadiush Milik ham jamoa bilan xayrlashadi. Bundan tashqari, "keksa sinora" Moyze Kinni ham sotuvga qo'yadi.
“Yuventus” A Seriyaning 33-turidan so'ng 64 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!