"Liverpul" Amorimning to'purar shogirdini ham jamoaga olib kelishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37
Lissabonning “Sporting” klubi bosh murabbiyi Ruben Amorim “Liverpul”ni yangi mavsumdan boshlab boshqarishi kutilmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis tez orada Yurgen Klopp ketganidan keyin bo'shab qoladigan "qizillar" boshqaruvidagi lavozimga asosiy nomzod sanaladi. Correiro de Manha xabariga ko'ra, agar Amorim tayinlansa, "Liverpul" "Sporting" hujumchisi Viktor Dyokereshni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Shvetsiyalik futbolchi 39 yoshli murabbiy qo'l ostida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda: hujumchi joriy mavsumda lissabonliklar safida 44 ta o'yinda maydonga tushib, 36 ta gol urdi va 16 ta golga assistentlik qildi.
Transfermarkt portali Dyokereshning narxini 55 million evroga baholamoqda, ammo “Sporting” 25 yoshli futbolchini sotishdan kamida 100 million evro ishlab olmoqchi.