"Barsa" 60 million evrolik transfer ustida ish boshladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 86
"RB Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo "Barselona"ning yozgi transfer maqsadlaridan biriga aylandi.
Kuni kecha "ko'k-anorranglilar" sport direktori Deku va futbolchi vakillari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tgani ma'lum bo'lgandi. Jurnalist Ferran Martinesning yangilangan ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" Olmoning agentlariga yozda transferni amalga oshirish niyati haqida ma'lum qilgan. Futbolchining o'zi bu transferga qiziqmoqda, tomonlar kelishuv ustida ish boshlashgan.
25 yoshli futbolchining shartnomasida tovon puli 60 million evro, "Transfermarkt" portali esa uning narxini 50 million evro deb baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!