"Manchester Yunayted"ga yangi texnik direktor tayinlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 33
"Manchester Yunayted" Jeyson Uilkoksni texnik direktor etib tayinladi.
52 yoshli mutaxassis "Sautgempton"dan "Manchester Yunayted"ga o'tdi va "Yunayted"ning yangi texnik direktori bo'ldi.
Insayder Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, Jeyson Uilkoks o'yinchilarni tanlash va "Manchester Yunayted" akademiyasi bilan shug'ullanadi. U sport direktori Den Eshvort va bosh ijrochi direktor Omar Berrada bilan birga klub tuzilmasidagi asosiy shaxsga aylanadi.
Avvalroq "Manchester Yunayted" "Sautgempton" bilan Uilkoksning o'z jamoasiga olib o'tish borasida muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!