Ilk chempionlik ta'mi shirin bo'ladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 53
Quyida XXI asrda o'zining ilk chempionligiga erishgan klublar bilan tanishib chiqing.
APL. "Lester". 2015-2016 yilgi mavsum. Tashkil etilgan vaqti: 1884 yil
Klaudio Raneri va uning afsonaviy "Lester"i. "Tulkilar" etakchilari – Vardi, Maxrez, Kante, Shmeyxellar muxlislar og'zida eng esda qolarli nomlardir va shu kungacha Sharqiy Midlend jamoasining g'alabasi futbol tarixidagi eng aql bovar qilmas g'alabalardan biri hisoblanadi.
Bundesliga. Volftsburg. 2008-2009 yilgi mavsum. Tashkil etilgan: 1945 yil
Bu yilgi "Bayer"ning sensatsiyasi birinchisi emas. O'sha oltin "Volftsburg"ni Feliks Magat boshqargan, u chempionlik mavsumidan keyin bunday muvaffaqiyatga yaqinlasha olmadi, lekin "Fulxem"da esga qolgan Premer-ligadagi birinchi nemis mutaxassisiga aylandi. Asosiy yulduzlar gol mualliflari - braziliyalik snayper Grafite (28 gol) Edin Jeko (26 gol) edi. Jekoning karerasi hammaga yaxshi ma'lum, Grafite esa 2011 yilda "Al-Ahli"da o'ynash uchun BAAga "sakrab" ketdi va keyinchalik o'z vatani Braziliyada "izsiz g'oyib bo'ldi" va u erda faoliyatini tugatdi. Klub Andrea Barzali va Kristian Zakkardo timsolida ajoyib italyan tandemiga ega edi. Bu jamoaning eng sodiq futbolchilaridan biri esa shveytsariyalik darvozabon Diego Benalo edi.
Liga 1. "Monpele". 2011-2012 yilgi mavsum. Tashkil etilgan yili: 1919 yil
«PSJ» endigina yuksalishni boshlagan va yangi davrda ilk sovrinni qo'lga kiritishga yaqin qolgandi, ammo o'sha mavsumda 21 ta gol urgan Olive Jiru poytaxt boylarining yo'lida to'sqinlik qildi. O'shanda Yunes Belanda, Benjamin Stambuli, Xilton va Remi Kabella jamoasining g'alabalariga muhim hissa qo'shgan. Bu jamoani Rene Jirard boshqargan, uning uchun bu natija nafaqat murabbiylik sohasidagi eng zo'ri, balki yagonasi ham bo'lgandi.
La Liga. "Deportivo" 1999-2000 yilgi mavsum
Argentina terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Lionel Skaloni o'sha jamoada to'p tepgan, biroq u bu jamoaning yorqin avlodidan yiroq edi - u La Ligada bor-yo'g'i 18 ta o'yinda, atigi 4 marta asosiy tarkibda maydonga tushgan. Jamoaning sevimlisi esa niderlandiyalik to'purar Roy Makay bo'ldi, u 22 ta gol urdi, ammo hujumchining eng yuqori cho'qqisi 2002-03 yilgi mavsumda, u "Oltin butsa"ni qo'lga kiritganida sodir bo'lgan. O'shanda "La-Korunyalik" bolalarga basklik Xaver Irureta ustozlik qilgan.
O'sha afsonaviy mavsum nihoyatda raqobatbardosh bo'ldi: "Deportivo" bor-yo'g'i 69 ochko bilan chempion bo'ldi va 11 ta mag'lubiyatga uchradi, "Real" esa beshinchi o'rinni egalladi.