"Manchester Siti" rossiyalik futbolchiga qiziqmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Manchester Siti" matbuot xizmati rossiyalik "Lokomotiv" hujumchisi Sergey Pinyaev bilan shartnoma imzolanishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. 19 yoshli futbolchining xizmatlariga "Manchester Siti" va "Chelsi" klublari qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
"Manchester Siti" Sergey Pinyaevni o'z safiga qo'shib olmoqchi emas", - dedi "shaharliklar" matbuot xizmati.
2023/24 yilgi mavsumda Pinyaev barcha turnirlarda 31 o'yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 3ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!