Klopp Salohning formasi haqida: "Men bundan xavotirda emasman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "qizillar" hujumchisi Muhammad Salohning hozirgi formasi haqida gapirdi.
“Salohning formasi meni xavotirga soladimi? Unchalik emas. Saloh jamoamizdagi eng tajribali futbolchilardan biri. Gap shundaki, u endigina imkoniyatlarni boy bera boshladi. U penaltini a'lo darajada bajardi, keyingi vaziyatda esa o'z imkoniyatidan foydalana olmadi, omad kulib boqmadi, ammo bu birinchi marta sodir bo'layotgani yo'q", - deya Kloppning so'zlarini keltiradi "Liverpul" rasmiy sayti.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!