"Tottenxem" "Arsenal"ning sobiq futbolchisining transferiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Londonning "Tottenxem" klubi "Arsenal"ning sobiq futbolchisi, hozirda "Bavariya"da to'p tepayotgan Serj Gnabrini transfer qilish variantini ko'rib chiqmoqda.
Manbaning aytishicha, "Bavariya" keyingi transfer oynasida 28 yoshli Gnabrini sotishga tayyor. Yiliga 20 million evro atrofida maosh oladigan futbolchining o'yin darajasi va jarohatlari myunxenliklar jamoasini qoniqtirmayapti.
Gnabri yaqinda Chempionlar ligasi chorak finalida “Emireyts”da “Arsenal” darvozasiga gol urdi. Serj 2011 yildan 2016 yilgacha "kanonirlar" safida o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!