Bugun Oksana Chusovitina o'zining navbatdagi final bahslarini o'tkazadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Qatarda o'tayotgan sport gimnastikasi bo'yicha Jahon kubogining to'rtinchi bosqichi hal qiluvchi pallaga kirmoqda.
Bugundan turli yo'nalishlarda final bahslari o'tkaziladi.
Saralashdan muvaffaqiyatli o'tgan Oksana Chusovitina tayanib sakrash, Abdulaziz Mirvaliev esa erkin mashq dasturining final bosqichida ishtirok etadi. Qayd etish joiz, kecha o'tgan kvalifikatsiyada Rasuljon Abdurahimov 14.900 ball bilan parallel brus yo'nalishida final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Uning hal qiluvchi bosqichdagi ishtiroki ertaga belgilangan.
Manba: Olympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!