Todiboga La Ligadan qiziqish bor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24
"Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todibo yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.
Bu haqda Footmercato xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli frantsiyalik futbolchining xizmatlariga Madridning "Atletiko" klubi qiziqish bildirmoqda.
Qayd etilishicha, klub Todiboni sotib olish uchun jiddiy pul sarflashga tayyor. Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Todiboning "Nitstsa" bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo'ljallangan.
Nufuzli Transfermarkt internet portali ekspertlari futbolchining narxini 35 million evroga baholamoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!