Bundesliga klublari Messiga qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 43
Rayan Messiga Bundesliga klublari qiziqish bildirmoqda.
L'Equipe xabariga ko'ra, "Dijon"ning 16 yoshli vingeriga "Bavariya", "Borussiya" va "RB Leyptsig" klublari qiziqish bildirmoqda. "Buqalar" allaqachon Frantsiya jamoasi bilan aloqaga chiqqan.
Qayd etilishicha, Messi Premer-liga klublarining ham e'tiborini tortgan, biroq inglizlar voyaga etmagan xorijliklarning transferi borasidagi qonunchilik tufayli yaqin orada uni o'z safiga qo'sha olmaydi.
12 aprel kuni Rayan "Orlean"ga qarshi o'yinda (1:0) gol urib, "Dijon" tarixidagi eng yosh gol muallifiga aylandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!