Gyundogan "Barsa" rahbariyatidan ketishga ruxsat so'ragan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108
"Barselona" jamoasi yozgi transfer oynasida tarkib jihatidan o'zgarishi mumkin.
TodoFichajes jurnalistlariga ma'lum bo'lishicha, Kataloniya jamoasining yarim himoyachisi Ilkay Gyundogan klubdan uni mavsum oralig'ida qo'yib yuborishni so'ragan.
33 yoshli germaniyalik futbolchining Angliya va Saudiya Arabistonida o'ynash imkoniyatlari bor. Ilkay Gyundogan o'tgan yozda "Manchester Siti"dagi etti mavsumdan so'ng erkin agent sifatida "Barselona"ga kelgandi.
Yarim himoyachining amaldagi shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!