Pioli: "Bu o'yinga ishonch bilan boryapman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Stefano Pioli "Roma"ga qarshi javob o'yini oldidan fikr bildirdi.
Evropa ligasi 1/4 finalining ilk o'yinida “Milan” o'z maydonida rimliklarga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Men bu o'yinga ishonch bilan boryapman, chunki futbolchilarim nimalarga qodirligini bilaman. Ishonchim komilki, ular bunday muhim uchrashuvlarda nima qilish kerakligini bilishadi.
Birinchi o'yin bilan solishtirganda ba'zi kichik narsalarni yaxshilashimiz kerak.
Bu bizning Evropadagi ambitsiyalarimiz uchun hal qiluvchi daqiqalardir. Biz maydonda o'zimizning eng yaxshi fazilatlarimizni ko'rsatishimiz va har bir tomchi terni siqib chiqarishimiz kerak", - dedi “Milan” bosh murabbiyi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!