KO'JChda Evropa sharafini himoya qiladigan barcha jamoalar nomi ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31
532025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionatida ishtirok etadigan Evropaning barcha jamoalar nomi aniqlandi.
Evropa jamoalari o'rtasidagi so'nggi, 12-o'rinni “Zaltsburg” egalladi. Bu "Arsenal"ning "Bavariya"dan uchralgan mag'lubiyati va "kanonirlar" Chempionlar ligasini tark etganidan keyin (0:1, birinchi o'yin 2:2) ma'lum bo'ldi. Londonliklar Chempionlar ligasida g'alaba qozonishsa, jahon chempionatiga yo'llanma olgan bo'lardi.
2025 yilgi klublar o'rtasidagi jahon chempionati iyun-iyul oylarida AQShda 32 klub o'rtasida bo'lib o'tadi. Hozirda 26 nafar ishtirokchi ma'lum.
Avvalroq, JCh-2025da Evropadan ishtirok etish huquqi "Chelsi", "Real", "Manchester Siti", "Bavariya", "PSJ", "Inter", "Portu", "Benfika", "Borussiya Dortmund", "Yuventus" va "Atletiko"ga berilgan edi.