"Everton" Kalvert-Lyuinni saqlab qolmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32
Hujumchi Dominik Kalvert-Lyuin uzoq vaqtdan beri Angliya Premer-ligasi klublari transfer ro'yxatida bo'lib keladi. Biroq, "Everton" bu futbolchini o'z safida saqlab qolmoqchi.
Football Insider xabariga ko'ra, mersisaydliklar klubi Kalvert-Lyuin bilan shartnomani uzaytirishdan manfaatdor. 27 yoshli Kalvert-Lyuinning hozirda shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar tuzilgan.
Agar klub shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmasa, futbolchini bir yildan keyin tekinga yo'qotmaslik uchun yozda sotish foydali bo'ladi. 2023/2024 yilgi mavsumda Dominik Kalvert-Lyuin 33 ta o'yinda 6 ta gol urdi va jamoadoshlari uchun ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!