"Barselona" Xavi borasidagi qarorini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 63
"Barselona" rahbarlari joriy mavsum oxirida Xavini murabbiylik ko'prigida qolishga ishontirishga umid qilishgan.
Endilikda, Chempionlar ligasidan chiqarib yuborilganidan so'ng, Kataloniya klubi Xavini saqlab qolish uchun harakat qilmoqchi emas. Bu haqda AS nashriga tayanib xabar bermoqda.
Xavi mavsum yakunida “Barselona”ni tark etish qarorini yanvar oyi oxirida e'lon qilgan edi. Eslatib o'tamiz, “Barselona” seshanba kuni o'z maydonida “PSJ”ga 1:4 hisobida imkoniyatni boy bergan edi. Aynan parijliklar umumiy hisobda 6:4 hisobida g'alaba qozonib, Chempionlar ligasining yarim finaliga yo'l olishdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!