Palmer bu futbolchining natijasini yangilash uchun harakat qiladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Dushanba oqshomida "Chelsi" o'z maydonida "Everton"ni mag'lub etdi. “Ko'klar”ning yosh yarim himoyachisi Koul Palmer poker qayd etganidan xabaringiz bor.
Angliyalik futbolchi to'rtta goldan so'nggi golini 11 metrlik masofadan urdi. Shu tariqa Palmer Premer-ligadagi 9 ta penaltidan 9 tasini golga aylantirdi.
Faqat bitta futbolchi penaltidan 100%lik natija bilan ko'proq gol urgan (11/11) - 2010-yillarda "Siti"da o'ynagan sobiq "Manchester Siti" yarim himoyachisi Yaya Ture.
Bu haqda Opta Sports nashri xabar bermoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!