"Everton" apellyatsiya berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
"Everton" moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun Angliya Premer-ligasining ikki ochkoni olib tashlash qarori ustidan rasmiy apellyatsiya berdi.
Manbaga ko'ra, murojaat yaqin bir necha hafta ichida ko'rib chiqiladi. Eslatib o'tamiz, o'tgan yilning noyabr oyida Angliya Premer-ligasi moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgani uchun turnir jadvalida 10 ochko olib tashlagandi. Keyinchalik klub bu qarorga norozilik bildirdi va muvaffaqiyatli apellyatsiya natijasida klub to'rt ochkoni qaytarib oldi.
"Everton" hozirda APL turnir jadvalida 16-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!