Pedri: "Orzular jamoasida ekanligimdan juda xursandman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 47
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri kelajagi haqidagi savolga javob berdi. Yarim himoyachining so'zlariga ko'ra, u Kataloniya klubi sharafini himoya qilganidan juda xursand.
"Kelajak? Bu savol meni bezovta qilmaydi. Men bu erda juda xursandman, bilamanki, “Barsa” biz boshlashgan ishni davom ettiradi va men orzularimdagi jamoada bo'lganimdan juda xursandman", – deya Pedrining so'zlarini keltirmoqda Ispaniyaning AS internet nashri.
Pedri "Las-Palmas" akademiyasining mahsuli hisoblanadi. Futbolchi 2020 yildan buyon "Barselona"da o'ynaydi. Joriy mavsumda ispaniyalik yarim himoyachi 26 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!