Xavi unga eng katta ta'sir o'tkazgan uchta murabbiyni aytib o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 56
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi unga eng ko'p ta'sir o'tkazgan uchta mutaxassis nomini aytdi.
“Luis Aragones, Pep Gvardiola va Luis Enrike menga eng ko'p ta'sir qilgan uchta murabbiy. Hozir murabbiy sifatida ular haqida tez-tez o'ylayman. Men u yoki bu vaqtda nima qilishim kerakligi haqida o'ylaganimda, bu uchlikni eslayman", - deya Xavining so'zlarini keltiradi Ispaniyaning AS internet nashri.
44 yoshli mutaxassis klub bilan birgalikda Ispaniya chempionati (2022/2023) va Ispaniya Superkubogi (2022/2023) sohibi bo'lgan. Bungacha Xavi Qatarning “As-Sadd” klubini boshqargan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!