Xavi: "3 oy oldin vaziyat boshqacha edi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes kelajagi haqida gapirdi. Yanvar oyi oxirida ispaniyalik mavsum yakunida jamoani tark etishini aytgandi, ammo rahbariyat endi mutaxassis yakunda fikrini o'zgartirishiga umid qilmoqda.
"Men "Barselona"da qolamanmi? 3 oy oldin siz mening kelajagim haqida qayg'urmadingiz, lekin hozir hamma narsa o'zgardi. Hozir eng muhimi Chempionlar ligasining yarim finaliga yo'llanmani qo'lga kiritish”, — dedi Xavi matbuot anjumanida.
Ernandes ketishini e'lon qilganidan beri “Barselona” barcha musobaqalarda 13 ta o'yin o'tkazdi. Jamoa bu uchrashuvlarda birorta ham mag'lubiyat alamini totib ko'rmadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!