"Bavariya" sport direktori "Bayer"ni tabrikladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
"Bavariya" sport direktori Maks Eberl Leverkuzenning "Bayer" klubini Germaniya chempionligi bilan tabrikladi. Kecha "dorichilar" "Verder"ni 5:0 hisobida mag'lub etib, o'z tarixlarida ilk bor Bundesliga chempioniga aylanishdi.
"Bayer" ajoyib mavsum o'tkazdi. "Bavariya" birinchilardan bo'lib Leverkuzenni tabriklamoqchi. Xabi Alonso, uning murabbiylar shtabi va butun jamoani alohida tabriklayman. Sizning futbolingiz joriy mavsum Bundesligani larzaga keltirdi. "Bavariya"ning ketma-ket o'n bir chempionlik seriyasi buzildi, ammo endi biz keyingi mavsumda yana g'alaba qozonish uchun qo'limizdan kelganini qilamiz", - dedi Eberl.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!