Xavi Yamalni haqorat qilganlarga javob qaytardi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
Kataloniyaning “Barselona” klubi bosh murabbiyi Xavi “Atletiko Madrid” bosh murabbiyi Diego Simeonening yordamchisi bo'lgan German Burgosning Lamin Yamalga aytgan so'zlariga javob qaytardi.
“Bu jirkanchlik va qoralanadi. Lamin yaxshi, u xotirjam va baxtli. Endi bu haqda gapirishning hojati yo'q", - deya Xavi so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Yamal 16 yoshda. U Kataloniya jamoasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Joriy mavsumda ispaniyalik vinger jami 41ta o'yinda ishtirok etdi. U oltita gol va ettita golli uzatmani amalga oshirishga muvaffaq bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!