PSJ "Osimxen" shartnomasiga Soler va Asensioni qo'shmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 13
"PSJ" "Napoli" forvardi Viktor Osimxenning transferiga ikki futbolchisini qo'shishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Il Mattino.
Manbaga ko'ra, parijliklar nigeriyalikning ehtimoliy transferi xarajatlarini kamaytirish maqsadida neapolliklarga Viktor Soler va Marko Asensioni taklif qilishadi.
Joriy mavsumda Osimxen “Napoli” safida 26 ta o'yin o'tkazib, 14 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 25 yoshli forvardning klub bilan shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Osimxen "Napoli"da 2020 yildan buyon o'ynab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!