“Fulxem” hujumchisi APLning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Londonning “Fulxem” klubi hujumchisi Rodrigo Muniz mart oyida Angliya Premer-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 22 yoshli braziliyalik futbolchi o'tgan oy Angliya chempionatida to'rtta o'yinda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Muniz Braziliyaning "Flamengo" klubi tarbiyalanuvchisi, Rodrigo 2021 yildan beri "Fulxem"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda 22 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 27 ta o'yin o'tkazib, 9 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Fulxem” joriy mavsum Angliya Premer-ligasining 32-turidan so'ng 39 ochko bilan turnir jadvalida 13-o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!