Mourino "Benfika" - "Marsel" o'yiniga borishdan bosh tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 19
Joze Mourino "Benfika"ning "Marsel" bilan o'yiniga borish haqidagi fikrini o'zgartirgani sababi ma'lum bo'ldi.
Portugaliyaning Record nashri xabariga ko'ra, Joze Mourino payshanba kuni kechqurun Evropa ligasi chorak finali doirasidagi "Benfika" - "Marsel" (2:1) uchrashuviga borishni rejalashtirgan, biroq bosh murabbiy etib tayinlanishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga turtki bermaslik uchun rad etishga qaror qilgan.
Avvalroq o'sha nashr 61 yoshli portugaliyalik murabbiyning kelasi mavsumda "Benfika"ni boshqarish imkoniyati yo'qligi haqida xabar bergandi.
Mourino shu yilning yanvar oyidan beri klubsiz. Jozening so'nggi ish joyi "Roma" edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!