«Atletiko» yarim himoyachisi jiddiy jarohatdan so'ng safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
"Atletiko Madrid" yarim himoyachisi Toma Lemar umumiy guruh bilan mashg'ulotlarni boshladi. Bu haqda Mundo Deportivo xabar bermoqda.
Futbolchi sentyabr oyida olgan jarohati sabab anchadan beri maydonga tushmayapti. Jarohatdan oldin u La Liganing atigi uchta uchrashuvida qatnashgan.
Mashg'ulotlarga qaytganiga qaramay, 28 yoshli yarim himoyachi 10 aprel kuni Chempionlar ligasi chorak finalida Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'ynamaydi. Uning maydonga qaytishining aniq vaqti keyinroq ma'lum bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!