Chalxano'g'li: "Uzoq vaqtdan beri ilk bor penalti tepish vaqtida bosim sezdim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 16
Italiya chempionati 31-turining so'nggi uchrashuvida Milanning “Inter” jamoasi “Udineze” ustidan irodali g'alabaga erishib, chempionat jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi. Jamoaning gollaridan birini turkiyalik yarim himoyachi Xoqon Chalxano'g'li penaltini muvaffaqiyatli amalga oshirib, kiritdi. O'yindan so'ng u uzoq vaqtdan beri birinchi marta zarba berish paytida bosimni his qilganini tan oldi.
"Uzoq vaqtdan beri birinchi marta penalti tepish paytida bosim sezdim. Men erlatib zarba berishga qaror qildim, chunki “Udineze” darvozabonining bo'yi juda baland”, - deya turkiyalik futbolchining so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
A Seriyaning 31-turidan keyin “Inter” hisobida 82 ochko bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!