Indzagi "Udineze" ustidan qozonilgan g'alaba haqida fikrini bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 11
Italiya chempionati 31-turining so'nggi uchrashuvida Milanning “Inter” jamoasi “Udineze” ustidan irodali g'alabaga erishib, chempionat jadvalidagi peshqadamligini mustahkamladi.
O'yindan so'ng jamoa bosh murabbiyi Simone Indzagi o'z fikrlarini bildirdi:
"Ajoyib o'yin o'tkazgan raqibni hurmat qilishim kerak. Ular xafa bo'lishlari kerak emas. O'ylaymanki, ular shunday o'ynashda davom etishsa, chempionatda qolishadi. Lekin yigitlarimga ham maqtovlar. Bu "Inter" meni ilhomlantiradi", - deya Indzagi so'zlarini keltiradi fcinter1908.it.
31-turdan keyin “Inter” hisobida 82 ochko bor. Jamoa keyingi turda “Kalyari”ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!