Ten Xag: "G'alaba qozonishga haqli edik"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 10
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Erik ten Xag "Chelsi"dan uchralgan (3:4) mag'lubiyat haqida gapirdi.
"Biz yomon boshladik, to'pni yo'qotdik va yomon himoyalandik. Lekin ko'rdingizki, o'shanda ham biz ustunlik qildik va g'alaba qozonishga haqli edik. Biz hamma narsani yaxshiroq qilishimiz kerak edi. Qaysidir o'yinchilarni ajratib ko'rsatmoqchi emasman. Bu jamoaviy muvaffaqiyatsizlik", - dedi ten Xag.
"Manchester Yunayted" hozirda APLda oltinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!