Trent: "Futbolda qolaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 23
"Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi va vitse-sardori Trent Aleksander-Arnold professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan keyin futbolda qolish haqida o'ylayotganini tan oldi.
“Futbolda qolgan bo'lardim. Ko'p o'yinlarni tomosha qilaman, menga yoqadi. Hozircha har bir harakatimni tahlil qilish darajasiga etganim yo'q, lekin yaxshi futbolni qadrlayman. Hozir e'tiborim Yurgen Kloppni muvaffaqiyatli ko'rishimizni ta'minlashga qaratilgan", - deydi Aleksandr-Arnold.
Aleksandr-Arnold mersisaydliklar klubi akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Futbolchi 2016 yildan beri "qizillar"ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!