Kimmixga Premer-liganing uchta top klubi qiziqish bildirmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Bavariya"ning yarim himoyachisi Joshua Kimmix Angliya Premer-ligasining uchta top-klubi manfaatlari doirasida. Talksport xabariga ko'ra, nemis futbolchisini "Arsenal", "Liverpul" va "Manchester Siti" jamoalari taklif qilmoqchi. Bu jamoalarning barchasi hozirda Premer-liga chempionligi uchun kurashmoqda.
Kimmixning yozda "Bavariya" bilan shartnomasi tugashiga bir yil vaqt qoladi. Avvalroq myunxenliklar futbolchini 2025 yilda tekinga boy bermaslik uchun uni keyingi transfer oynasida sotishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Kimmixga "Barselona" ham qiziqish bildirgan, ammo klubda moliyaviy muammolar borliggi, bu kelishuv amalga oshishiga to'sqinlik qildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!