Vlahovich "Yuventus"ga o'tganidan keyin unga moslashishga kim yordam berganini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich 2022 yilgi transferdan so'ng yangi jamoaga moslashishiga yordam bergan odamlarni nomladi.
“Jamoaga ilk bor kelganimda do'stlarim Jorjo Kellini va Leonardo Bonuchchi edi. Ular menga moslashishga yordam berishdi. Janluiji Buffon, Alessandro del Pero va Klaudio Markizio bilan ham suhbatlashish imkoniga ega bo'ldim. Ular menga “Yuventus”da o'ynash qanday ekanligini aytishdi. Men ulardan juda minnatdorman", - dedi Vlaxovich A Seriya rasmiy saytiga bergan intervyusida.
Vlaxovich "Yuventus" tarixidagi eng qimmat besh futbolchidan biri. 2022 yilning yanvarida “keksa sinora” Dushan uchun “Fiorentina”ga 82 million evro to'lagan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!