Vlaxovich futboldagi eng katta maqsadini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 17
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Dushan Vlaxovich asosiy orzusini aytdi. Serbiyalik forvard Chempionlar ligasida g'alaba qozonishni istamoqda.
"Chempionlar ligasi? Bu har bir futbolchi g'alaba qozonishni xohlaydigan turnir. Albatta, men ham bu haqda orzu qilaman. Kelajakda ushbu sovrinni qo'lga kiritish uchun bor kuchimni sarflayman", - deya Vlaxovich so'zlarini keltirmoqda Italiya A Seriyasi rasmiy sayti.
Vlaxovich joriy chempionatda 15 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. "Yuventus" uchinchi o'rinda va keyingi mavsumda Chempionlar ligasiga qaytish uchun yaxshi imkoniyatga ega.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!