"Manchester Siti" Uokerning "Real"ga qarshi o'ynashiga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 26
"Manchester Siti" himoyachisi Kayl Uoker jarohatidan tiklanishda davom etmoqda. Oldinroq "Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola jamoa shifokorining fikriga ko'ra, Uoker "Real"ga qarshi o'ynay olmasligini aytgan, ammo futbolchining o'ziga xos genetikasi borligini ta'kidlagandi.
ESPN jurnalisti Rob Dousonning so'zlariga ko'ra, klub Uoker “Manchester Siti” bilan bo'lajak Chempionlar ligasi o'yinida jamoaga yordam bera olishiga umid qilmoqda. Manbaga ko'ra, haqiqatdan ham futbolchining o'yinda ishtirok etishi ehtimoli bor.
Chempionlar ligasining 1/4 finali doirasidagi “Real” – “Manchester Siti” uchrashuvi 9 aprel kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!