Feliks maydondagi eng yaxshi pozitsiyasini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 27
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Joau Feliks qaysi pozitsiyada eng samarali futbol ko'rsatishi haqida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
“Men ikkinchi hujumchi yoki hujumchi sifatida o'ynashni afzal ko'raman. Bu rolda men faqat “Benfika”da o'ynadim. O'shanda ishlar ajoyib ketayotgan edi. Hozirgi tizimda men qanotda yaxshi o'ynash uchun qo'limdan kelgan barcha ishni qilishga harakat qilaman", - deb tan oldi portugaliyalik.
Feliks hamon "Atletiko Madrid"ga tegishli va "Barselona"da ijara asosida o'ynaydi. Joau joriy mavsum Ispaniya chempionatida "matraschilar" darvozasiga ikki bor gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!