"Nyukasl" etakchisini yo'qotishdan qo'rqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 25
"Nyukasl" yozgi transfer oynasida Bruno Gimaraes bilan xayrlashishi mumkin. The Sun nashrining yozishicha, "magpi"lar moliyaviy feyr-pley muammolari jamoa etakchisini sotishga majbur qilishidan qo'rqishadi.
Gimaraes mavsumning birinchi yarmida yangi shartnoma imzoladi, uning transfer narxi 100 million qilib belgilangan. Manbaga ko'ra, Bruno uchun kurashda Frantsiyaning “PSJ” jamoasi etakchilik qilmoqda.
Braziliyalik futbolchiga "Manchester Yunayted" va Londonning "Arsenal" klublari ham da'vo qilmoqdalar. 26 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!