Adama Traore Ispaniya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 36
"Fulxem" vingeri Adama Traore faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
Todofichajes nashri xabarlariga ko'ra, 28 yoshli futbolchini "Valensiya" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Yozgi transfer oynasi vaqtida tomonlar Traorening transferi borasida muzokaralar olib borishlari mumkin.
Futbolchining bozor qiymati to'qqiz million evroga baholanmoqda va uning "Fulxem" bilan shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar amal qiladi.
Adama "Fulxem"ning asosiy tarkib futbolchisi emas. Ispaniyalik futbolchi Angliya chempionatining 11ta uchrashuvida qatnashib, bitta gol va ikkita golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!