"Barselona" futbolchisi kelajagi borasida yakuniy qarorga keldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 50
Kataloniyaning "Barselona" klubi markaziy himoyachisi Inigo Martines kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Jurnalist Gabriel Sansning xabariga ko'ra, ispaniyalik futbolchi yozda "ko'k-anorranglilar" safini tark etish niyatida emas.
Eslatib o'tamiz, Martinesning kelasi mavsum oxirida nihoyasiga etadigan shartnomasi bor. Inigo har doim ham "Barselona"da asosiy tarkibda maydonga tushavermaydi, shu sababli matbuot himoyachining ketishi mumkinligi bilan bog'lanishni boshladi.
Avvalroq, futbolchining "Atletiko Madrid"ga o'tishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Eslatib o'tamiz, Martines o'tgan yozda "Atletik Bilbao"dan erkin agent sifatida "Barselona"ga o'tgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!